Ginekologik muammolar bilan og‘rib yurgan bemor qiz shifokorining navbatdagi qabulida kutilmagan holatga duch keldi. Hodisa Angliyaning Yorkshir shaharchasida sodir bo‘lgan.
“Moderator.az” sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, 2 farzandning otasi bo‘lgan 51 yoshli ginekolog o‘z bemoriga dastlab behayo jurnal berib, undan nimani his etayotgani so‘ragan. So‘ng sevgan yigiti bor yoki yo‘qligi, jinsiy aloqaga qiziqishi qandayligi borasida surishtirgan. Ginekologik xastaligi uchun biror shubhaga bormay savollarga to‘liq javob berib o‘tirgan qiz shifokorning navbatdagi savolidan so‘ng darhol uning maqsadini tushungan va zudlik bilan xonani tark etgan. Ginekologning bemoriga so‘nggi savoli esa “Men bilan jinsiy aloqaga kirasanmi?” bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, qizning shikoyati asosida lisenziyasidan mahrum etilgan shifokor AQShga ko‘chib ketgan va u yerda sohasi bo‘yicha ishga ham joylashgan.