Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘ijduvon tumanida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida firibgarlik qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi

G‘ijduvon tumanida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida firibgarlik qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi G‘ijduvon tumani bo‘limi boshlig‘i, G‘ijduvon tuman Zarangari mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan E.SH. fuqaro S.M. ni aldab, uni “Yoshlar: 1+1” davlat Dasturi doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qitish va sertifikat olib berish evaziga 800.000 (sakkiz yuz ming) so‘m talab qilib, S.M. dan tumanning Chorsu mahallasi hududida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.SH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:40 14.06.2021. O'qildi: 1857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!