Meteorit parchalari Germaniyaning janubi-g‘arbiy Reynland-Pfals shtatida tomlar va turar-joy binolariga zarar yetkazdi.
Bu haqda DPA axborot agentligi polisiya vakillariga tayanib xabar bermoqda.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Xunsryuk va Ayfel hududlari va Koblens shahrida zarar haqida xabar berilgan. Koblensning Gyuls tumanida esa mahalliy vaqt bilan soat 19:00 atrofida meteoritning qizigan parchasi turar-joy binosining tomiga urildi.
Hech kim jabrlanmagan. O‘t o‘chiruvchilar va polisiya xodimlari voqea joyida ishlamoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari ham xavf o‘tib ketganini ta’kidladilar, ammo zararning aniq miqdori hali aniqlanmagan.
Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Gessen, Reynland-Pfals, Saara va Baden-Vyurtembergdan guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda osmonda olov izi bo‘lgan yorqin ob’ekt haqida xabar berishdi. Dastlab, raketa uchirilishi haqida taxminlar bo‘lgan, ammo xavfsizlikka tahdid soladigan hodisaning hech qanday belgilari topilmadi.