Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniyalik deputatlar o‘z maoshlarini oshirishdan bosh tortishdi

Germaniyalik deputatlar o‘z maoshlarini oshirishdan bosh tortishdi

​Bundestag 2026 yilda deputatlarga to‘lanadigan to‘lovlarning rejali oshirilishidan voz kechadi, deb yozadi dpa agentligi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu haqdagi qonun loyihasi parlamentning 11 iyunga belgilangan yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan. Bu qaror tashabbuskorlari sifatida hukmron XDI/XCI (Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sosial ittifoq) va SDPG (Germaniya sosial-demokratik partiyasi) fraksiyalari chiqdi. Shu tariqa, ular saylovchilarga murakkab moliyaviy-iqtisodiy vaziyatda tejamkorlikka tayyor ekanliklarini namoyish etmoqchi.

​Hukmron fraksiyalar byudjet bosimi sharoitida deputatlar ham tejamkorlikka "o‘z hissalarini qo‘shishlari" kerakligini ta’kidlamoqdalar.

Maoshlar oshirilishiga, shuningdek, muxolifatdagi partiyalar — "yashillar", "Germaniya uchun muqobil" va So‘l partiya ham qarshi chiqmoqda. Shu tariqa, mazkur masala keng siyosiy qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘ldi.

​Bundan oldin barcha 630 nafar deputatning maoshi oyiga deyarli 500 yevroga oshib, 12 330 yevroga yetishi ko‘zda tutilgan edi. Bu o‘sish Germaniyadagi ish haqining oshishi asosida avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi. YouGov so‘rovnomasi ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya aholisining 85 foizi ham deputatlik to‘lovlari oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:40. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!