Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Germaniyaga xorijiy ishchi kuchi kerak

Germaniyaga xorijiy ishchi kuchi kerak

Germaniya kelgusida ham raqobatbardosh mamlakat bo‘lib qolishi uchun unga malakali ishchi kuchi, jumladan, xorijiy ishchilar zarur. Bu haqda GFR kansleri Olaf Shols, Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida chiqish qilganida ta’kidlab o‘tdi.

Kansler shuningdek, mamlakatda fuqarolikni olish tizimini ham isloh qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida eslatib o‘tdi. "Biz nihoyat mamlakatimizda zamonaviy migrasiya bo‘yicha qonunlarni yaratamiz. Agar raqobatbardoshli sanoat mamlakati bo‘lib qolishni istasak, unda bizga malakali muhandislar, mexaniklar va mashinasozlar kerak bo‘ladi. Kim biz bilan qo‘lma-qo‘l bo‘lishni istasa, Germaniya bundan xursand bo‘ladi. Maqsadimiz shu", – dedi u.

Bundan buyon Germaniyada yashayotgan xorijliklarning mamlakat fuqaroligini olish osonlashadi. Yangi qonun loyihasida mamlakatda bir necha yildan buyon yashab kelayotgan va soliq to‘layotgan barcha xorijliklar uchun Germaniya fuqaroligini olish osonlashtiriladi. Avvallari Germaniyada fuqarolikni olish uchun sakkiz yil kerak bo‘lardi, yangi qonun loyihasi kuchga kirsa ushbu muddat besh yilga qisqaradi.

Kiritildi: 12:42 19.01.2023. O'qildi: 2959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!