Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniyaga immigrasiya zarur

Germaniyaga immigrasiya zarur

Federal bandlik agentligining baholashicha, Germaniya ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun immigrantlarga muhtoj. Oxirgi 10 yil ichida mehnatga layoqatli yoshdagi Germaniya fuqarolari soni deyarli 4 millionga kamaydi, xuddi shu davrda mamlakatga ushbu yosh guruhiga mansub 3,4 million kishi ko‘chib kelgan, deb xabar beradi idora.

2014 yil iyunidan 2025 yil iyunigacha bo‘lgan davrda Germaniyada bandlik o‘sishining 43 foizi uchinchi davlatlardan kelgan fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keldi. Qochoqlar bandlikning o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shdi, deb bayonot berdi Federal bandlik agentligining hududlar bo‘yicha direktori Daniel Tersenbax.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab kasblardagi kadrlar yetishmovchiligi muammosi borgan sari immigrantlar hisobiga hal qilinmoqda. Ayniqsa kadrlar taqchilligi yuqori bo‘lgan sohalarda ularning ulushi 2014 yildan buyon 7 foizdan 14 foizgacha oshdi.

Kiritildi: 13:55 15.07.2026. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!