Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniyadagi otishmada besh kishi halok bo‘ldi

Germaniyadagi otishmada besh kishi halok bo‘ldi

Germaniyaning shimolidagi Shtade shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi polisiya ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaning kelib chiqish sabablari hozircha aniqlanmagan. Bild nashrining yozishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bir yoki bir nechta gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

NTV telekanali esa otishma yoshlar muassasasida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Hozirda polisiya hodisa yuzasidan tergov ishlarini davom ettirmoqda, qurbonlar va hujumning sabablari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Kiritildi: 18:26 29.06.2026. O'qildi: 1338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!