Germaniyaning Sinsig shahrida maxsus kuchlar Volksbank filialida garovga olish holati bilan bog‘liq yirik operasiya o‘tkazdi.
Bu haqda Bild nashri mahalliy polisiyaga tayanib xabar berdi.
Xabar qilinishicha, bugun ertalab bankka zirhli yuk mashinasi kelib to‘xtagan. Noma’lum erkak haydovchiga hujum qilib, uni garovga olgan. Ular hozirda bank seyfida.
"Hozirda bank ichida bir nechta jinoyatchilar va garovga olinganlar bor deb taxmin qilinmoqda. Garovga olinganlardan biri zirhli mashina haydovchisi. Hozirda qamal qilingan hududdan tashqarida fuqarolar uchun hech qanday xavf yo‘q", dedi polisiya vakili.