Germaniyada avj olgan yoqilg‘i inqirozi fonida aviatashuvlar soni sezilarli darajada kamayishi mumkin.
Bu haqda Germaniya aeroportlari assosiasiyasi rahbari Ralf Bayzel mamlakatning Die Welt nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, aviasiya kerosini yetishmovchiligi sababli ayrim reyslar bekor qilinishi xavfi mavjud.
«Bu ayniqsa loukosterlar (arzon aviakompaniyalar) va sayyohlar orasida u qadar ommabop bo‘lmagan yo‘nalishlarga ta’sir qilishi mumkin», — dedi Bayzel.