Germaniyada Yangi yil arafasida salyut otish qisman taqiqlanadi, xavfsizlik organlari zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi kurashadi. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Yangi yil barcha fuqarolar uchun tinch va quvnoq bayram bo‘lishi kerak, shuning uchun "tartibsizlikka o‘rin qoldirmasdan" har qanday zo‘ravonlikka tezda qarshi turish kerak.
"Federal polisiya poyezdlar vokzallarida tekshiruvlar o‘tkazmoqda va kerak bo‘lganda pirotexnika va xavfli buyumlardan foydalanishga taqiq joriy qildi", - deya qo‘shimcha qildi Fezer.
U ikki yil avval Berlin va Germaniyaning boshqa shaharlarida sodir bo‘lganidek, polisiya xodimlariga qilingan hujumlar mavzusida ham gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni qilganlar qonunning to‘liq qat’iyligini his qilishlari kerak.
“Bizning xavfsizlik organlarimiz vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, bu ayniqsa Magdeburgdagi dahshatli teraktdan keyin muhim ahamiyatga ega”, dedi vazir.
2023 yilda Berlinda bayramona pirotexnika uchirilishi natijasida 22 kishi jabrlangan. Bundan tashqari, Yangi yil arafasida Germaniya poytaxtida favqulodda vaziyatlar xodimlariga hujum qilishning 38 ta holati qayd etilgan, unda 15 xodim jarohatlangan.