Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Germaniyada Vengriya bosh vaziri korteji avtohalokatga uchradi

Germaniyada Vengriya bosh vaziri korteji avtohalokatga uchradi

Germaniyaga tashrifi chog‘ida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 61 yoshli germaniyalik polisiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Bild'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 24 iyun kuni soat 11:15 atrofida Shtutgart shahrida sodir bo‘lgan. 69 yoshli ayol boshqaruvidagi BMW shlagbaumdan chiqib ketib, Vikton Orban mashinasiga hamrohlik qilayotgan 61 yoshli polisiyachining mototsikliga borib urilgan.

Polisiyachi zarbdan Vengriya bosh vaziriga hamrohlik qilayotgan boshqa, 27 yoshli ofiserning mototsikli uchib tushgan. Ularning ikkalasi ham og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shtutgart polisiyasi komissari Markus Eyzenbraun 61 yoshli polisiyachi shifoxonada vafot etganini tasdiqlagan. Voqeani tergov qilishni Lyudvigsburg polisiya bo‘limi o‘z zimmasiga olgan. Viktor Orban futbol bo‘yicha Yevropa chempionati uchun Germaniyaga kelgan edi.

Kiritildi: 11:21 25.06.2024. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!