Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada Qurolli kuchlar soni 12 yildan beri ilk bor keskin oshdi

Germaniyada Qurolli kuchlar soni 12 yildan beri ilk bor keskin oshdi

Germaniya Qurolli kuchlari (Bundesver) shaxsiy tarkibi so‘nggi 12 yil ichida ilk marta sezilarli darajada oshdi va hozirda 184,2 ming nafar harbiy xizmatchini tashkil etmoqda.

DPA agentligiga tayanib xabar qilishicha, bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Boris Pistorius ma’lum qildi.

Uning aytishicha, harbiy xizmatga qabul qilish ko‘rsatkichlari majburiy xizmat to‘xtatilganidan beri eng yuqori darajaga yetgan. 2026 yilda ham ko‘plab faol va rag‘batli erkaklar va ayollar Bundesver saflarini to‘ldirishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar soni 2025 yil oxiriga nisbatan taxminan 3 ming nafarga oshgan. Pistorius bu o‘sishni Bundesverga bo‘lgan ishonch belgisi deb baholadi.

Kiritildi: 22:19 20.01.2026. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!