Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning rasmiy qarorgohi — Bellvyu saroyini ta’mirlash xarajatlari keskin tanqid qilindi.
Germaniya soliq to‘lovchilari federasiyasi (BdSt) rahbari Rayner Xolsnagelga ko‘ra, loyiha qiymati 600 million yevrodan ortiq, qo‘shimcha 260 million yevro xavf zaxirasi bilan baholangan. Shuningdek, vaqtinchalik yangi bino — Federal prezident idorasi 2.0 qurilishi uchun yana 205 million yevro talab etiladi.
Umumiy xarajatlar 1 milliard yevrodan oshishi mumkin. Federasiya rahbari byudjet taqchilligi sharoitida bunday sarf-xarajatlarni “tejamkorlik emas” deb baholadi.
Qayta qurish ishlari sakkiz yil davom etishi kutilmoqda. Ta’mir davrida prezident Berlin markaziy temir yo‘l vokzali yaqinidagi yangi binoda faoliyat yuritadi.