Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniyada mamlakatning sobiq eng yirik atom elektr stansiyasi portlatildi

 Germaniyada mamlakatning sobiq eng yirik atom elektr stansiyasi portlatildi

25 oktyabr kuni Germaniya janubida mamlakatdagi eng yirik sobiq Gundremmingen atom elektr stansiyasining ikkita sovutish minorasi portlatildi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, AESning 160 metr balandlikdagi ikkita sovutish minorasi minalangan holda yo‘q qilingan. Bir yildan ortiq tayyorlangan portlash minorani 15 soniyada yo‘q qildi.

Portlash tush paytida sodir bo‘lgan, hodisani 30 mingga yaqin kishi kuzatib turgan. Ob-havo operasiyani xavfsiz o‘tkazishga yordam berdi: yomg‘ir tufayli chang deyarli yo‘q edi. Uni demontaj qilish uchun 1800 ta teshikka joylashtirilgan taxminan 600 kg portlovchi modda ishlatilgan, deb xabar berdi RWE energetika kompaniyasi.

Qayd etilishicha, bu voqea Germaniyada atom energiyasi davrining yakunlanishini va yangi bosqichning boshlanishini anglatadi. Mamlakat atom energetikasidan to‘liq voz kechgan va barcha AESlarni yopgan.

Gundremmingendagi atom elektr stansiyasi 2021 yil oxirida butunlay to‘xtatilgan.

Kiritildi: 22:55 26.10.2025. O'qildi: 1433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!