Germaniyada iyun oyida ishsizlar soni 28 ming kishiga oshib, 2,61 million kishiga yetdi.
Bu haqda Germaniyaning bandlik federal agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Bloomberg tomonidan so‘ralgan tahlilchilar 14 mingga ko‘payishini kutishgan edi.
Joriy oyda mamlakatda ishsizlik darajasi 5,7 foizga ko‘tarilib, 2021 yil iyunidan beri maksimal ko‘rsatkichni yangiladi. Bungacha uch oy ketma-ket 5,6% ni tashkil qilgan. Mutaxassislar indeks o‘zgarishini kutmagan edi.
Germaniyada joriy oyda ochiq bo‘sh ish o‘rinlari soni 769 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 108 mingtaga kam. Yillik ko‘rsatkichlarning pasayishiga qaramay, bu ko‘rsatkich ancha yuqoriligicha qolmoqda, deb ta’kidlaydi MarketWatch.
“Iqtisodiy sharoitning yomonlashuvi endi mehnat bozorida sezilmoqda, - deb yozgan agentlik rahbari Andrea Nales, “Ishsizlik ortib bormoqda, bandlik o‘sishi esa pasaymoqda”.