Germaniyadagi xristian-demokratik partiya (CDU/CSU) va sosial-demokratik partiyadan (SPD) tashkil topgan koalisiya hukumati faoliyatidan norozi bo‘lgan fuqarolar ulushi 66 foizni tashkil etdi. Bu haqda muxbirlar Junayt Karadag va Nariman Mehdiyev xabar berdi.
"Insa" so‘rov instituti tomonidan "Bild am Sonntag" gazetasi uchun o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Germaniya aholisining aksariyati Fridrix Mers boshchiligidagi hukumat ishidan qoniqmagan.
So‘rovda qatnashganlarning 66 foizi hukumatdan norozilik bildirgan, 25 foizi esa uning faoliyatidan mamnun ekanini aytgan.
Respondentlarning 49 foizi amaldagi hukumat 2029 yildagi qonunchilik muddati oxirigacha ishlay olmaydi, deb hisoblaydi. 32 foiz ishtirokchi esa hukumat o‘z muddatini to‘liq yakunlaydi, deb fikr bildirgan.
Shu bilan birga, so‘rovga ko‘ra, "Germaniya uchun muqobil" (AfD) partiyasi 26 foizlik qo‘llab-quvvatlash bilan mamlakatdagi eng kuchli siyosiy kuch bo‘lib qolmoqda. CDU/CSU reytinglari 24 foizni, SPD esa 15 foizni tashkil qilgan.