Ikkinchi jahon urushi va nasistlar mag‘lubiyatidan keyin Germaniyada o‘ta o‘ng siyosiy kuchning biror federal yerda birinchi marta saylovda birinchi o‘ringa chiqishi tarixiy voqea bo‘ldi. AfD 2021 yilda bu hududda 20,8% ovoz olgan edi — endi esa uning natijasi ikki baravardan ham oshdi. 1932 yilda nasistlar Germaniyada saylovlarda birinchi kuchga aylangan, keyin siyosiy kelishuvlar orqali Adolf Gitler kansler bo‘lgan. Bugun esa Germaniyaning Konstitusiyasi, sud tizimi, parlament institutlari va siyosiy «firewall» mexanizmi bor. AfDning g‘oyalari o‘ta o‘ng, millatchilik va antiimmigrasion siyosat bilan bog‘liq bo‘lib, Germaniyaning ichki razvedka xizmati partiyani o‘ng ekstremistik tashkilot sifatida baholagan. Germaniyada o‘ta o‘ng qarashlarga ega partiya millionlab odamlarning ovozini olyapti. Immigrasiya, iqtisodiy muammolar, Yevropa Ittifoqi siyosati va hukumatga bo‘lgan norozilik AfDning asosiy tayanchiga aylanmoqda. Shuning uchun Saksoniya-Anhaltdagi natija Germaniya uchun shunchaki bir saylov emas. Bu — Yevropaning eng yirik davlatlaridan birida siyosiy markazning o‘ng tomonga jiddiy siljiyotganidan signal deb qaralmoqda.