Germaniyaning Bryul shahrida yirik jome masjidi barpo etilyapti, deya xabar bermoqda “Anado‘lu” agentligi.
Qurilish ishlari 2016 yilning avgustida boshlangan. Usmoniylar me’morchilik an’analariga va zamonaviy uslublarga tayangangan holda qurilayotgan masjidning bitta yirik va oltita kichikroq gumbazi bo‘ladi. Masjidda bir paytning o‘zida ming kishi namoz o‘qishi mumkin.

Bu yerda avtomobillar turar joyi, o‘nta sinf xonasi, sport va konferensiya zallari, yoshlar va ayollar uchun alohida zallar ham bo‘ladi.

Ehsonlar evaziga qurilayotgan Bryul jome masjidining ochilishi kelgusi yilning Ramazoniga mo‘ljallangan.
manba: azon.uz