Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Germaniyada Erdo‘g‘onning oltin haykali paydo bo‘ldi

A A A
Germaniyada Erdo‘g‘onning oltin haykali paydo bo‘ldi

Germaniyaning Gessen federal birligiga qarashli Visbaden shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning oltin haykali paydo bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligiga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Erdo‘g‘onning to‘rt metrlik oltin haykali shahar markazidagi maydonga o‘rnatilgan. Haykal «Wiesbaden Biennale» ko‘ngilochar festivali doirasida o‘rnatilgan.

«Bild» nashrining yozishicha, ko‘plab kishilar qo‘lida turk bayrog‘ini ushlab, haykal oldida suratga tushishyapti. Erdo‘g‘onga qarshi bo‘lgan kishilar esa haykal va uning yonida turli bo‘lmag‘ur suratlar va yozuvlarni qoldirishmoqda.

Festival Visbadene shahrida 23 avgustdan 2 sentyabrgacha «Yomon xabarlar» shiori ostida davom etadi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 23:01 28.08.2018. O'qildi: 1471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik