Bu haqda 3 iyul, juma kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi.
Bunga Rossiya harbiylarini tayyorlash haqidagi xabarlar sabab bo‘lishi mumkin deb yozmoqda Reuters.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Berlin Xitoy go‘yoki rossiyalik askarlarni yashirincha o‘qitgani haqidagi nashrlardan so‘ng muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan. Xitoy avvalroq bunday ayblovlarni asossiz deb atagan edi.
Reuters'ning mahkamadagi manbasiga ko‘ra, Xitoyning Moskvaga ko‘rsatayotgan tobora ortib borayotgan qo‘llovi Germaniya xavfsizligiga bevosita ta’sir qilmoqda.
"Rossiyaga Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushni davom ettirishga imkon beradigan har qanday narsa bizning xavfsizligimizga ham tahdid soladi. Shunga ko‘ra, Xitoyning Rossiyaning shafqatsiz tajovuzkor urushini qat’iy va tobora faol qo‘llab-quvvatlashi bizning xavfsizligimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi" - dedi Germaniya Tashqi ishlar vazirligidagi manba.