Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniya va Berlin: Mamlakatda 48 soatdan beri svet o‘chgan

A A A
Germaniya va Berlin: Mamlakatda 48 soatdan beri svet o‘chgan

9 sentyabr kuni Berlindagi ikkita magistral elektr tarmog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan va 50 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.

Bu haqda Der Spiegel jurnali xabar berdi.

Stromnetz Berlin tarmoq operatori ma’lumotlariga ko‘ra, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar 9 sentyabrdan boshlab yuzaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, yuqori kuchlanishli simlarga o‘t qo‘yishni so‘l radikal tashkilotlar a’zolari amalga oshirgan.

"Berlinning janubi-sharqidagi yuqori kuchlanishli kabellarda yuz bergan yong‘indan so‘ng o‘n minglab uy xo‘jaliklari va ko‘plab kompaniyalar hamon elektr energiyasiz qolmoqda. Ayniqsa, Treptov-Kepenik tumani ko‘proq zarar ko‘rdi," - deya ta’kidlanadi nashrda.

Stromnetz Berlin rahbariyati 11 sentyabrgacha elektr uzatish liniyasining ishini tiklashga umid bildirmoqda. Stromnetz Berlin boshqaruvchi direktori Erik Landekning aytishicha, mutaxassislar katta hajmdagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Hozirda energetiklar elektr ta’minotini bosqichma-bosqich tiklashmoqda.

Kiritildi: 22:40 11.09.2025. O'qildi: 2875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!