Germaniya qurolli kuchlari 2029 yilga qadar koinotda o‘z sun’iy yo‘ldosh guruhini yaratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Handelsblatt gazetasi.
Hozirgi vaqtda Bundesver koinotda atigi 8-10 sun’iy yo‘ldoshga ega, va kerak bo‘lganda bu masalada ittifoqchilarga, birinchi navbatda AQShga tayanadi. To‘laqonli harbiy guruh uchun bir necha yuz sun’iy yo‘ldosh talab qilinadi. Bunday guruh narxi 10 milliard yevrogacha bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr.
“Kosmik razvedkaga ehtiyojini qondirish uchun, milliy imkoniyatlardan foydalangan holda, sun’iy yo‘ldosh guruhini yaratish bo‘yicha turli variantlar ko‘rib chiqilmoqda”, — deb izoh berdi gazetaga Bundesver.
Oldinroq Germaniya korxonalari (https://t.me/sputnikuzbek/49274) qurol-yarog‘ va suv osti kemalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanayotgani haqida ma’lum bo‘lgan edi. (https://t.me/sputnikuzbek/49474)