Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Germaniya o‘z fuqarolarini Eronni tark etishga chaqirdi

Germaniya o‘z fuqarolarini Eronni tark etishga chaqirdi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Qo‘shma Shtatlar tomonidan harbiy hujum uyushtirilishi mumkinligi tahdidi tufayli nemislarni Eronni tark etishga chaqirdi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili bu haqda jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Cheklangan bo‘lsa-da, Eronning qo‘shni davlatlari bilan tijorat reyslari va havo qatnovi ochiqligicha qolmoqda va quruqlik orqali sayohat qilish ham mumkin", dedi u.

Diplomatning ta’kidlashicha, agar vaziyat keskinlashsa, konsullik yordami ko‘rsatish deyarli imkonsiz bo‘ladi.

Reuters avvalroq manbalarga tayanib xabar bergan ediki, Qo‘shma Shtatlar Tehronni yadroviy bitim uchun qulay shartlarni qabul qilishga undash va shu bilan birga to‘liq ko‘lamli hujumdan qochish uchun Eron harbiy va hukumat inshootlariga cheklangan zarba berishni ko‘rib chiqmoqda. Ushbu manbalarga ko‘ra, bunday zarba bir necha kun ichida amalga oshirilishi mumkin. CBS xabar berishicha, operasiya 21 fevralda boshlanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!