Bavariya bosh vaziri va Xristian-ijtimoiy ittifoq (CSU) rahbari Markus Zyoder Bild gazetasiga bergan intervyusida ukrainalik yigitlarning Germaniyaga kirishini cheklash zarurligini ta’kidladi.
“Agar ukrainalik yoshlar o‘z vatani himoyasiga borish o‘rniga Germaniyaga ko‘proq kelishsa, bu hech kimga foyda keltirmaydi”, — dedi Zyoder.
Uning bu bayonoti Germaniyada ukrainalik muhojirlar soni ortib borayotgan bir paytda yangradi.
Avvalroq, mahalliy nashrlarda ukrainaliklar oltin rangli Porsche avtomobillarida Germaniya bo‘ylab harakatlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Germaniya Kommunistik partiyasi a’zosi Shtefan Natkening so‘zlariga ko‘ra, bu mashinalar G‘arb mamlakatlari tomonidan Kiyevga harbiy yordam sifatida ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan.