Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniya Ukrainaga 37,1 mlrd yevrolik yordam rejasini tasdiqladi

Germaniya Ukrainaga 37,1 mlrd yevrolik yordam rejasini tasdiqladi

Germaniya hukumati Ukrainaga 2030 yilgacha jami 37,1 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatish rejasini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Moliya vaziri Lars Klinґbaylning aytishicha, 2027 yilgi federal byudjet doirasida Ukrainaga harbiy yordam uchun 11,5 milliard yevro ajratish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2028–2030 yillar oralig‘ida har yili qo‘shimcha 8,5 milliard yevrodan mablag‘ ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar havo mudofaasi, artilleriya, o‘q-dorilar, zirhli texnika, dron ishlab chiqarish, kiberhimoya va muhim infratuzilmani himoya qilishga yo‘naltiriladi.

Vazirning ta’kidlashicha, 2028 yildan boshlab Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ajratgan 90 milliard yevrolik krediti transhlari yakunlanishi bilan Germaniya yordami qisqarishi mumkin. Shu bilan birga, zarurat tug‘ilsa, yordam hajmini oshirish imkoniyati ham saqlanib qoladi.

Kiritildi: Bugun 20:26. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!