Germaniya shu haftada o‘z harbiy xizmatchilarini Grenlandiyaga yuborishni boshlaydi.
Bu haqda Bild gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalo orolga Bundesver askarlaridan iborat ilg‘or guruh yuboriladi. Operasiya payshanba kunidan boshlanishi mumkin.
Gazeta qayd etishicha, Grenlandiyadagi harbiy ishtirokni kengaytirish rasman Yevropa NATO mamlakatlari tomonidan amalga oshiriladi, ammo operasiya Kopengagendan muvofiqlashtiriladi, NATO strukturalari orqali emas. Buning sababi, alyansga kirgan skandinav davlatlari, jumladan Grenlandiyaga egalik qiluvchi Daniya, AQShdagi Norfolk shtabi buyrug‘i ostida bo‘lishi hisoblanadi. Shu bilan birga, operasiya AQSh ishtirokisiz o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deya yozadi Bild.
FRG mudofaa vazirligi vakili gazetaga bu ma’lumotni ham tasdiqlay olmasligini, ham rad eta olmasligini bildirgan.