Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, 2027 yilning iyulidan boshlab 18 yoshga to‘lgan germaniyalik barcha yigitlar Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlar bazasidan ro‘yxatdan o‘tishi, o‘z salomatligi holati bo‘yicha ma’lumotnoma berishi va harbiy xizmatga borish yoki bormaslik istagini bildirishi kerak bo‘ladi. Ammo bu ularning majburiy harbiy xizmatga chaqirilishini anglatmaydi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, germaniyalik qizlar ham xohishlariga ko‘ra ushbu jarayonlardan o‘tishlari mumkin.