"Biz 10 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomalar haqida gapiryapmiz. Uchta nemis kompaniyasi SOCAR bilan shartnoma tuzgan. Bu gaz Yevropa energetika bozorini barqarorlashtirish uchun muhimdir", - dedi Germaniyaning Bokudagi elchisi Ralf Xarlemann.
Etkazib berish Yevropa Ittifoqi doirasida, asosan Italiya bilan svop shartnomalari orqali amalga oshiriladi, chunki Ozarbayjon va Germaniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvur liniyasi yo‘q.
Ma’lumot uchun, Germaniya yiliga taxminan 85 milliard kubometr gaz iste’mol qiladi.