Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniya olti oylik harbiy xizmat joriy etmoqchi

Germaniya olti oylik harbiy xizmat joriy etmoqchi

Germaniya mudofaa qobiliyatini kuchaytirish va zahiradagi harbiylarni ko‘proq tayyorlash maqsadida ixtiyoriy ravishda olti oylik harbiy xizmatni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, ixtiyorchilar qo‘riqlash xizmati kabi oddiy vazifalarni bajarishga o‘rgatiladi. Ammo ixtiyorchilar yetarli bo‘lmasa, hukumat majburiy harbiy xizmatni qayta joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning aytishicha, harbiy xizmatchilar sonini 180 mingdan 260 minggacha oshirish rejalashtirilgan. Manbalarga ko‘ra, hukumat ixtiyoriy olti oylik tayyorgarlik ushbu ko‘rsatkichlarga erishishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Shuningdek, ba’zi ixtiyorchilar xizmatni yanada davom ettirishi mumkin.

Dasturda ishtirok etuvchilar ichki xavfsizlik bo‘yicha tayyorgarligini kengaytirish, yuk mashinasi haydovchisi guvohnomasini olish yoki tank haydovchisi kurslarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, yangi kazarmalar qurish ham rejalashtirilmoqda. Bu esa chaqirilganlarni o‘z uylariga yaqin joyda o‘qitish imkonini beradi.

Agar hukumat ixtiyorchilar bo‘yicha kerakli ko‘rsatkichga yeta olmasa, majburiy xizmatga kimlar chaqirilishi hozircha aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya 2011 yilda majburiy harbiy xizmatni bekor qilgan.

Kiritildi: 22:35 06.07.2025. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!