Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Germaniya mudofaa vaziri: Berlin yaqinda Kiyevga Leopard tanklarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qiladi

Germaniya mudofaa vaziri: Berlin yaqinda Kiyevga Leopard tanklarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qiladi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning aytishicha, Berlin yaqin orada Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin.

Bu haqda ARD telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

"Qaror, menimcha, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, tez orada qabul qilinadi", dedi Pistorius.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap xavfsizlik masalasi haqida ketayotgani uchun ham ijobiy, ham salbiy qarorning oqibatlarini tarozida ko‘rish kerak.

"Bu hukumat zimmasiga tushadigan mas’uliyat", deya qo‘shimcha qildi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.

Kiritildi: 07:30 23.01.2023. O'qildi: 1927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!