Germaniya o‘sib borayotgan xavfsizlik muammolari fonida jamiyatning barqarorligini oshirish uchun maktab o‘quv dasturlariga fuqarolik mudofaasi va urushga qarshi ta’limni qo‘shish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Taklif etilayotgan o‘quv dasturi evakuasiya va birinchi yordam ko‘rsatish mashqlarini, favqulodda holatlar, jumladan, suv toshqini, kiberhujum yoki elektr ta’minotidagi uzilishlarni simulyasiya qilishni o‘z ichiga oladi.
Handelsblatt nashriga bergan intervyusida Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt shunday dedi: "Men o‘quv yili davomida yuqori sinf o‘quvchilari bilan bitta juft dars o‘tkazishni taklif qilaman, unda ehtimoliy tahdidlar ssenariylari va ularga tayyorgarlik ko‘rish usullari muhokama qilinadi." Uning fikricha, urush va inqiroz sharoitida harakat qilishga o‘rgatish maktab hayotining bir qismiga aylanishi kerak.