Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Germaniya Jahon chempionatini boykot qilishi mumkin. Bunga Tramp sababchi

Germaniya Jahon chempionatini boykot qilishi mumkin. Bunga Tramp sababchi

Germaniya 2026 yilgi jahon chempionatini boykot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mersning yaqin safdoshi bo‘lgan Yurgen Xardt ma’lum qildi.

Nemislar AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish rejalariga keskin munosabat bildirmoqda. Aynan shu Germaniya tomonidan mundialni boykot qilishga olib kelishi mumkin, deb yozadi Welt.

Shu bilan birga, Xardt jahon chempionatini boykot qilish "oxirgi chora" ekanligini ta’kidladi.

2026 yilning yozida jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Jahon kubogini Argentina terma jamoasi himoya qiladi.

Kiritildi: Bugun 16:49. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!