Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Germaniya, Italiya, Shvesiya va Ispaniya yangi tank yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladilar

A A A
Germaniya, Italiya, Shvesiya va Ispaniya yangi tank yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladilar

Germaniya Italiya, Ispaniya va Shvesiya bilan Leopard 2 tankining yangi avlodini ishlab chiqish bo‘yicha shartnomalar imzoladi.

Tankni ishlab chiqish uchun "Krauss-Maffei Wegmann" va "Rheinmetall" kompaniyalari javobgar bo‘ladi. Germaniya Mudofaa vazirligi shartnoma imzolanishi haqidagi ma’lumotga izoh bermadi.

Loyihada Shvesiyaning “Saab” va Italiyaning “Leonardo” kompaniyalari ham ishtirok etadi. Ispaniyaning qaysi kompaniyasi ekanligi esa noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turdagi shartnoma Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki bu davlatlar 2017 yilda ham xuddi shunday kelishuvni imzolagan edi. Qolaversa, joriy yilning iyul oyida ikkala tomon ham imzolangan kelishuvga “yangi nafas” berish istagini bildirgan edi. Biroq, mamlakatlar tankning xususiyatlari bo‘yicha kelisha olmadilar.

Kiritildi: 23:48 06.09.2023. O'qildi: 2129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!