Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Germaniya “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qildi

Germaniya “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qildi

Germaniya o‘z hududida Eron qo‘llab-quvvatlaydigan “Hizbulloh” guruhi faoliyatini taqiqladi va uni terrorchi tashkilot deb e’lon qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bergan.

«Ichki ishlar vaziri Horst Zehofer Germaniyada shia terrorchilik tashkiloti bo‘lgan “Hizbulloh” faoliyatini taqiqladi. Hozirgi inqiroz sharoitida ham ushbu qarorga amal qilinadi», deb ma’lum qildi vazirlik matbuot kotibi.

Germaniya polisiyasi bugun tongda ushbu guruhga a’zolikda gumon qilinganlarni qo‘lga olish uchun reydlar o‘tkazdi. Ushbu tekshiruvlar Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Bremen va Berlindagi to‘rtta masjid birlashmalarida bo‘ldi. Xavfsizlik xizmatining aytishicha, ayni paytda Germaniyada "Hizbulloh"ning 1050 ta a’zosi mavjud.

Isroil va AQSh Germaniyani anchadan beri ushbu tashkilotni taqiqlashga undab kelayotgan edi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo o‘tgan yili Berlinga safari chog‘ida Germaniya “Hizbulloh”ni taqiqlashda Britaniyaning yo‘lini tutishiga umid qilayotganini aytdi. Britaniya o‘tgan yilning fevral oyida "Hizbulloh"ni terrorchilik tashkiloti deb tasniflovchi qonunni qabul qilgandi.

Kiritildi: 16:55 30.04.2020. O'qildi: 3149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!