Germaniyaning gaz omborlari Rossiyadan gaz yetkazib berishni qisqartirganiga qaramay, rejalashtirilganidan tezroq to‘ldirilmoqda, dedi Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek.
Sentyabr oyining boshiga kelib Germaniya oktyabr oyi uchun 85 foizlik ta’minot rejasini bajara oladi, dedi u. Hozir gaz omborlari 82 foizga to‘lgan.
"Bunga, birinchidan, yozda gaz sarfini kamaytirish, shuningdek, boshqa yetkazib beruvchilardan gaz xarid qilish hajmini oshirish hisobiga erishildi".
Noyabr oyiga qadar YEI direktivasi Germaniyadagi gaz omborlarini 95 foizga to‘ldirish zarurligini ko‘zda tutadi.