Germaniya fuqarolari tobora ko‘proq kansler Fridrix Mersning faoliyatidan norozi.
Bu INSA instituti tomonidan Bild gazetasi iltimosiga binoan o‘tkazilgan yangi so‘rov natijalaridan kelib chiqadi.
Natijalarga ko‘ra, respondentlarning atigi 15 foizi Mersning faoliyatini ma’qullaydi. Aprel oyi oxiriga nisbatan bu ko‘rsatkich 4 foiz punktga kamayib, rekord o‘rnatdi. Shu bilan birga, 77 foiz (6 foiz punktga o‘sish) kanslerdan norozi, yana 8 foizi esa qaror qabul qilmagan.
Respondentlarning atigi 16 foizi Mers hukumati faoliyatidan qoniqish bildirmoqda, 78 foizi esa salbiy fikrda.
Shuningdek, INSA ma’lumotlariga ko‘ra, Xristian Demokratik Ittifoqi va Xristian Sosial Ittifoqining (SDU/SSU) ma’qullash reytingi 21 foizga tushdi. Germaniya uchun alternativa bilan farq endi 8 foiz punktni tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, bu SDU/SSU uchun 2021 yil oxiridan beri eng yomon ko‘rsatkich. Kansler Fridrix Mers (SDU yetakchisi) davrida hech qachon konservativ blokning qo‘llab-quvvatlash darajasi bunchalik past bo‘lmagan.
Respondentlarning 29 foizi Germaniya uchun alternativaga ovoz berishga tayyor.
Iyun oyi boshida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda taxminan 2300 kishi ishtirok etdi.