Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gdanskda ruslarga yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar ommaviy ravishda rad etila boshlandi

Gdanskda ruslarga yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar ommaviy ravishda rad etila boshlandi

Polshaning Gdansk viloyatida ruslarga yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar ommaviy ravishda rad etila boshlandi.

“Trojmiasto” portaliga ko‘ra, rasmiylar “Davlat xavfsizligi va jamoat tartibini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga ishora qilmoqda.

Gdanskdagi Pomeraniya voyevodeligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 24-fevraldan beri 78 ta bunday rad etish bo‘lgan. Shu bilan birga, Rossiya fuqarolari ushbu voyevodlikda mehnat qilayotgan xorijliklarning eng katta guruhlaridan biri ekanligi qayd etilgan.

Avvalroq Latviya prezidenti maxsus operasiyani qo‘llab-quvvatlayotgan rossiyaliklarni viza va yashash ruxsatnomasidan mahrum qilishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 19:00 17.08.2022. O'qildi: 3307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!