Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Gazsizlikka chidaymiz, suvsizlikka chidaymiz, ammo adolatsizlikka yo‘q!”

“Gazsizlikka chidaymiz, suvsizlikka chidaymiz, ammo adolatsizlikka yo‘q!”

-  Men uzoq yillar davlat tashkilotida ishlab, endilikda nafaqaga chiqqanman.  Kommunal to‘lovlarni har doim maoshimdan to‘lab kelganman. Endilikda o‘g‘lim to‘lovlarni  amalga oshiryapti. Yaqinda tuman elektr tarmoqlari korxonasidan  falon summadagi qarzdorlik kelibdi. Bu nima degan gap, yordam bera olasizmi?

Bugun ertalabdan birlashmaga murojaat qiluvchilarning arzlarini eshitib,  hayron bo‘lmadik. Yana shu muammo – gaz, suv, elektr... Bu keksa otaxonni saratonning jaziramasida uyidan chiqishga majbur qilgan muammo sizu bizni bezovta qilmaydi, desangiz adashasiz. Bir narsaga aminmiz. Ruhiyatimiz shunday  ekanki, qahraton qishda gazsiz, jazirama issiqda suvsiz qolib ketsak-da,  chidaymiz, nolimaymiz, hech qayerga murojaat qilmaymiz! Ammo ichmagan suv uchun,  ishlatilmagan gaz uchun otning kallasidek qarzdorlik yozishsa, endi bunga chora ko‘rmasa bo‘lmaydi! Viloyat “Iste’molchi”ga har xil odamlar turli muammolari bilan arz qiladilar. Tan olish kerak, ba’zan kurakda turmaydigan, “aql bovar qilmaydigan” murojaatlar ham bo‘lib turadi.

Ammo ularning aksariyat qismi gaz, elektr va ichimlik suvi bilan bog‘liq shikoyatlar ekaniga amin bo‘lasiz. Bir mavzu haqida hadeganda ma’lumot va xabar tayyorlayverish balki zerikarli ishdir, ammo mavjud muammoni yashirib o‘tirishning ham imkoni yo‘q. “Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi!”

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoniga Pastdarg‘om tumanining “Charxin”  qo‘rg‘onida istiqomat qiluvchi  N.Qodirova murojaat qilgan. Murojaatda keltirilishicha, tuman gaz ta’minoti korxonasi tomonidan fuqaro xonadoniga  6 yil oldingi to‘lov bo‘yicha 1 362 514 (bir million uch yuz oltmish ikki ming besh yuz o‘n to‘rt) so‘m  qarzdorlik belgilangan. Bundan norozi bo‘lgan iste’molchi  tashkilotga arz qilyapti. Birlashma mutasaddilari tomonidan tuman gaz idorasi va MIB mas’ul xodimlari ishtirokida xonadonda o‘tkazilgan qayta hatlov natijasida fuqaro qarzdor emas, aksincha ortiqcha  207 894 (ikki yuz yetti ming sakkiz yuz to‘qson to‘rt) so‘m to‘lovi borligi, ya’ni haqdorligi aniqlandi.

 Gulchehra Berdiyorova

Kiritildi: 21:30 19.07.2019. O'qildi: 2159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!