Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

G‘azodagi maktablar ham Isroilning hujumidan zarar ko‘rdi

G‘azodagi maktablar ham Isroilning hujumidan zarar ko‘rdi

Isroil armiyasi 4-5 may kunlari G‘azoga uyushtirgan hujum oqibatida bir qancha maktablarga zarar yetgan, deya xabar bermoqda Anadolu .

Ta’lim vazirligi matbuot kotibi Mu’tasim al-Minaviyning aytishicha, hujum paytida G‘azodagi 13 ta maktab zarar ko‘rgan. Xususan, 600 o‘quvchi tahsil oladigan Hazrat Ruqiya nomidagi qizlar maktabi binosi foydalanib bo‘lmaydigan ahvolga kelgan. Minaviy mazkur maktab 500 ming dollarlik zarar ko‘rganini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, Isroil armiyasi maktab yonidagi ko‘p qavatli turar joyni nishonga olgan, uning vayronalari esa maktab binosini bosib qolgan. Holbuki, o‘qituvchilar va o‘quvchilar birgalikda maktabni ta’mirlash ishlarini olib borishgan edi, mehnatlari bir necha soniyada habada bo‘ldi.

Biz to tirik ekanmiz, Isroil vayron qilganlarni qaytadan barpo etamiz , dedi Hazrat Ruqiya nomidagi qizlar maktabi direktori Munavvat Musabbah.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:00 18.05.2019. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!