G‘azo sektorida toshqinlarda odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Telekanalning xabar berishicha, suv toshqinlari qariyb 72 soatlik kuchli yog‘ingarchilikdan keyin yuzaga kelgan.
So‘nggi ikki yil ichida ko‘plab falastinliklar anklavning katta qismini vayron qilgan halokatli urush paytida chodirlar va vaqtinchalik boshpanalarga ko‘chib o‘tgan edi. Sovuq ob-havo va yomg‘ir tufayli aholining mol-mulklari suv osida qolgan.
HAMAS matbuot xizmati bayonotida 27 mingdan ortiq chodirlar suv ostida qolgani aytilgan. Qayd etilishicha, “murakkab gumanitar falokat” kamida 250 000 kishiga ta’sir ko‘rsatgan.