Zimbabveda fil germaniyalik sayyohga hujum qildi va uni bosib o‘ldirdi. Ayol jonzot bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan payt, g‘azablangan fil unga hujum qilgan.
Mahalliy rasmiylarning xabar berishicha, voqea 26 sentyabr kuni mamlakatning Mana-Puls milliy qo‘riqxonasida yuz bergan. Sayyoh zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, lekin olgan jarohatlari jiddiy bo‘lgani uchun vafot etgan.
Ayolning ismi oshkor qilinmagan. Hozirda filni nima g‘azablantirgani va hujum qilishiga nima sabab bo‘lgani o‘rganilmoqda.
Zimbabve rasmiylari sayyohlarga yovvoyi hayvonlardan uzoqroq turishni maslahat bermoqda. Chunki bunday voqea o‘tgan yillarda ham sodir bo‘lgan.
Manba: qalampir.uz