Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Gayanada kema halokati natijasida 41 kishining jasadi topildi

Gayanada kema halokati natijasida 41 kishining jasadi topildi

Qutqaruvchilar Gayana qirg‘og‘ida cho‘kib ketgan paromda 41 kishining jasadini topdilar.

Bu haqda Reuters hukumat ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Etmish yetti kishi qutqarildi. Cho‘kib ketgan joyda qidiruv-qutqaruv operasiyasida o‘n oltita kema, shuningdek, fransuz va mahalliy g‘avvoslar ishtirok etmoqda.

19 iyul kuni MV BARIMA paromi Gayana qirg‘og‘ida Barima-Vaini mintaqasiga ketayotganda ag‘darilib ketdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, bortda 179 kishi bo‘lgan. Qolgan odamlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Rasmiylar falokatga ortiqcha yuklanish va ekipaj xatosi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Kiritildi: 10:31 22.07.2026. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!