Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Gavi Ronalduga bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi

Gavi Ronalduga bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yiniga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

"Men hech qachon jamoadoshlari tomonidan Krishtianu manziliga tanqid eshitmaganman, faqat muxlislardan... Uning jamoadoshlari unga juda katta hurmat bilan qaraydi. U tarixdagi eng kuchli futbolchilardan biri, Ronaldu istalgan daqiqada o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkin", — deya Gavining so‘zlarini keltiradi mashhur jurnalist va insayder Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, joriy mundialda Krishtianu Ronaldu hozirga qadar uchta gol urdi. Jahon chempionati 1/8 final bosqichidagi Portugaliya — Ispaniya uchrashuvi 6 iyuldan 7 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
JCH-2026 musobaqasi tarixda ilk bor bir vaqtning o‘zida uch davlat — AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:51 05.07.2026. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!