Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Garvard AQSh hukumatiga 500 mln dollargacha to‘lashga rozi bo‘ldi

Garvard AQSh hukumatiga 500 mln dollargacha to‘lashga rozi bo‘ldi

arvard universiteti AQSh ma’muriyatining talabini qondirishga va Oq uy bilan nizoni to‘xtatish uchun 500 mln dollargacha sarflashga tayyor, deb yozmoqda New York Times (NYT) muzokaralar jarayonidan xabardor to‘rtta manbaga tayanib.

Gazeta suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Garvard federal hukumatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul to‘lamoqchi emas, aniq moliyaviy shartlar hali muhokama qilinmoqda. To‘lov AQSh rasmiylarining universitetni fuqarolik huquqlarini buzganlikda ayblashi bilan bog‘liq. Xususan, universitet antisemitizmni tarqatishda va DEI siyosati — xilma-xillik, tenglik, inklyuzivlik — bo‘yicha ayblangan.

Garvarddan talab qilinayotgan summa Kolumbiya universitetiga Oq uy bilan kelishuv doirasida antisemitizm ayblovi bo‘yicha to‘lashga rozi bo‘lgan jarimadan ikki baravar ko‘p.

NYT manbalarining ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Tramp Garvarddan Kolumbiya universitetidan ko‘proq pul to‘lashni talab qilgan. U oliy ta’lim muassasasi «ko‘p million dollar» to‘lamaguncha kelishuv bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

Aprel oyi o‘rtalarida rasmiylar ta’lim muassasasi Oq uy talablariga muvofiq ta’lim siyosatini o‘zgartirishdan bosh tortganidan so‘ng universitet grantlari va shartnomalarini 2,2 milliard dollardan ko‘proqqa muzlatib qo‘ygandi.

Kiritildi: 23:55 29.07.2025. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!