Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Garov reestri nega kerak?

A A A
Garov reestri nega kerak?

Bugungi kunda, barcha tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar, shuningdek boshqa xo‘jalik sub’ektlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan garov reestri xizmatlaridan keng foydalanmoqda. 

Xo‘sh, bu o‘zi qanday xizmat deguvchilar ham oramizda topiladi. Aytish mumkinki, Garov reestrini majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida garovga berib qo‘yilgan, shuningdek undiruvga qaratilgan mol-mulklar hamda ushbu mulklarga kreditorlarning ustuvor huquqlari to‘g‘risidagi axborotlarning elektron “E’lonlar oynasi” deyish ham mumkin.

Mol-mulk to‘g‘risidagi axborotni garov reestridan mol-mulk egasining STIR (soliq to‘lovchining identifikasiya raqami) yoki ayrim mol-mulklarning ro‘yxat raqami bo‘yicha olish mumkin. Foydalanuvchilarga mol-mulk to‘g‘risida elektron shaklda, zarur hollarda esa qog‘ozda axborot taqdim etiladi. 

Garov reestridan foydalanishning bir qator afzalliklari bor. Jumladan, kreditor ta’minot sifatida qabul qilinayotgan mol-mulk garov sifatida foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni garov reestri bazasidan qisqa muddatda (tezkor) olish imkoniga ega, kreditor qarzdorning mulki boshqa joyda ham garovda ekanligidan bexabar bo‘lishi mumkin.

Garov reestridan foydalanish garovga qo‘yuvchining garovdagi mol-mulkdan boshqa maqsadlarda foydalanilishini cheklagan holda kreditor va xolis sotib oluvchilar manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. Bu esa kreditorlarning tavakkalchiligini pasayishiga hamda tadbirkorlik sub’ektlarini mulk garovi ostida kreditlash imkoniyati kengayishiga va jarayoni tezlashishiga xizmat qiladi.

Yurtimizda bu xizmatlar bilan “Garov reestri” davlat unitar korxonasi shug‘ullanmoqda. Hozirga qadar foydalanuvchilar garov reestriga 420 mingdan ortiq yozuv kiritgan. Shundan 433 mingga yaqini mol-mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Shuningdek, garov reestridan mol-mulklar to‘g‘risida 3,9 mingdan ortiq ko‘chirma ma’lumotlar olingan. Bu yozuvlarda 308 mingta 100 million so‘mgacha va 103 mingta 100-500 million so‘mgacha qiymatdagi mol-mulklar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan.

O‘zbekistonda garov reestrini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalarni Xalqaro moliya korporasiyasining garov reestri bo‘yicha xalqaro ekspertlari yuqori baholamoqda.

O‘zA

Kiritildi: 13:30 08.07.2018. O'qildi: 2560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik