Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Garet Sautgeyt ingliz ommaviy axborot vositalarini jiddiy aybladi

Garet Sautgeyt ingliz ommaviy axborot vositalarini jiddiy aybladi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytning bildirishicha, ingliz OAVlari Yevro—2024 o‘yinlari oldidan muhim ma’lumotlarni sizdirmoqda.

“Biz futbol turnirida g‘alaba qozonishga harakat qilyapmiz va OAV bizning mashg‘ulotlarni tugatganimizdan ikki soat o‘tib taktik ma’lumotlarni sizdirmoqda. Ular xabarni to‘g‘ridan to‘g‘ri jamoa lageridan olganliklarini aytadi, lekin buning jamoaga qanday yordami tegadi?

Bizdan boshqacha o‘ynashimizni kutgan shveysariyaliklarga biz qila oladigan va tayyorlanayotgan o‘yin uslubini bildirib qo‘yishimiz jamoaga qanday yordam beradi?

Buni aytishga majburman, chunki biz shunday vaziyatda ishlashga majbur bo‘lyapmiz”, — deb Sautgeyt so‘zlarini keltirmoqda talkSPORT.

Kiritildi: 10:25 08.07.2024. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!