Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachev G‘arb sanksiyalari Turkiyadagi Akkuyu atom elektr stansiyasi loyihasini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotganini aytdi, deb yozadi «Kommersant».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika sanksiyalari tufayli o‘zaro hisob-kitoblar tizimi xavf ostida qolgan. Shu bilan birga, u ish davom etayotganini va davom etishini ma’lum qildi.
Lixachev avvalroq uchinchi davlatlar logistika va ta’minot zanjirlarini cheklayotganini aytdi, ammo shunga qaramay, barcha ishlar jadval bo‘yicha ketmoqda.
Turkiyaning birinchi atom elektr stansiyasi Akkuyu har biri 1200 megavatt quvvatga ega 4 ta energoblokdan iborat. Loyiha qiymati 22 milliard dollarni tashkil etadi.