Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

G‘arb omborlarida neft zaxiralari kamayib bormoqda

A A A
G‘arb omborlarida neft zaxiralari kamayib bormoqda

G‘arbda neft zaxiralari tugagan. Bu haqda Vitol kompaniyasi rahbari Rassel Xardi Londonda bo‘lib o‘tayotgan Energy Intelligence Forum konferensiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Xardining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Eron urushi tufayli G‘arb mamlakatlarida foydalanish mumkin bo‘lgan resurslar qolmagan. G‘arbda foydalanish mumkin bo‘lgan zaxiralar (neft) yo‘q. Biz allaqachon mavjud zaxiralarni sarflab bo‘ldik» - deya Xardining so‘zlarini keltiradi Bloomberg agentligi.

Buning ustiga, yaqin oylarda yoqilg‘i tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarishi dargumon. Vitol rahbari ta’kidlaganidek, bu boradagi keskinlik qish arafasida ham saqlanib qolishi mumkin.

«Neft mahsulotlari bilan bog‘liq vaziyat hamon o‘ta tanqis bo‘lib qolmoqda va qish yaqinlashgani sari bu holat yana biroz davom etishi mumkin,» - deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Saudi Aramco rahbari ham global neft zaxiralari "dahshatli darajada past" ekanligini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 02:00. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!