AQSh va Xitoy G20 sammitida Jo Bayden va Si Szinpin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi xabar bermoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar davlat rahbarlari darajasida ochiq muloqot kanallarini saqlab qolish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.