Davlat rahbarlarining muzokaralari haqida Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, yetakchilar Vashington va Pekin o‘rtasidagi aloqa liniyalarini saqlab qolish va kengaytirish, ikki davlat o‘rtasidagi raqobatni boshqarish, manfaatlar bir-biriga mos keladigan sohalarda ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qiladi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, gap «jahon hamjamiyatiga ta’sir etuvchi xalqaro muammolar ustida ishlash», ya’ni Ukraina, Tayvan va KXDR haqida bormoqda.
«Rahbarlar bir qator mintaqaviy va global muammolarni ham muhokama qiladilar», dedi Jan-Pyer. Shuningdek, Bayden va Si Jinping uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot rejalashtirilmagani qayd etilgan.
G20 — iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan yirik mamlakatlarni, jumladan AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Xitoy va Rossiyani birlashtirgan tashkilotdir.